» » OAV: Erdo‘g‘on Istanbuldagi Xor monastirini masjidga aylantirishni buyurdi

OAV: Erdo‘g‘on Istanbuldagi Xor monastirini masjidga aylantirishni buyurdi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on muzey maqomiga ega Istanbuldagi Xor monastirini ham masjidga aylantirish haqida buyruq berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar qildi.

Ushbu qaror Turkiya hukumatining YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan Ayo Sofiya ibodatxonasi masjidga aylantirganidan bir oy o‘tib qabul qilinmoqda.

Mavzuga doir: Fotojamlanma: Istanbuldagi masjidga aylantirilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi

Xor monastiri nomi bilan tanilgan mazkur cherkov Istanbulda Vizantiya davridan qolgan eng birinchi yodgorliklardan biri hisoblanadi. 1948-yildan beri turistlar uchun muzey sifatida ochiq va Qariya muzeyi nomi bilan yuritiladi.

Avval Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Avliyo Sofiya majmuasini masjidga aylantirish masalasida boshqa davlatlarning fikri ahamiyatsiz ekanini aytgan, shuningdek, mamlakatda xristianlik diniga oid madaniy meros obyektlarining himoya qilinishini ta’kidlagan va misol tariqasida Trabzondagi Panagiya Sumela pravoslav monastirining qayta ta’mirlanganini qayd etgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют