» » Milliy bankga Fitch Ratings tomonidan BB- reytingi taqdim etildi

Milliy bankga Fitch Ratings tomonidan BB- reytingi taqdim etildi


Dunyoning yetakchi reyting agentliklaridan biri Fitch Ratings 2020-yilning 19-avgustida Ozbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki AJga kredit reytinglarini taqdim etdi. Milliy bank shuningdek, yana Barqaror prognozi ostida BB- uzoq muddatli reytingga ham munosib korilgan.

Agentlik mutaxassislari Ozbekistondagi eng yirik bank bolgan Milliy bankning tizimli ahamiyati, davlat tomonidan qollab-quvvatlanishi, strategik roli va uzoq muddatli infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishdagi ahamiyatini takidlamoqdalar. Shu bilan birga, mamlakatdagi rivojlanish loyihalari, kuchli mijozlar bazasi, aktivlarning sifati va kapitallashuv jarayoni ham etirof etilgan.

Nufuzli agentlik tomonidan Milliy bankga reyting berilishi bankning puxta tanlangan rivojlanish strategiyasi, yetakchilik sifati va barqaror pozitsiyasini saqlab qola olishi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi qatiy pozitsiyasi, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda va shuningdek, iqtisodiyotning strategik muhim sohalariga, xususan, davlat ahamiyatiga molik sohalarda bank xizmatlarini korsata olish qobiliyatini tasdiqlaydi.

Malumot uchun:Fitch Ratings Moodys va Standard & Poors qatorida uchta yetakchi xalqaro reyting agentliklaridan biridir. Agentlik 1913-yilda tashkil topgan bolib, shtab-kvartirasi Nyu-York shtatida (AQSh) joylashgan.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-08-2020, 18:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -