» » Belarus chempionati. “Energetik-BGU” yirik hisobda g‘alaba qozondi, Shahboz Umarovdan gol va golli uzatma

Belarus chempionati. “Energetik-BGU” yirik hisobda g‘alaba qozondi, Shahboz Umarovdan gol va golli uzatma


Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 22-turida “Energetik-BGU” 22-avgust, shanba kuni “Smolevichi”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Shahboz Umarov raqib jarima maydonida ikkita himoyachi aldab o‘tdi va darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi. Oradan ko‘p o‘tmay Umarovning qanotdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Dushan Bakich minskliklarning ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Umarov dublini nishonlashi mumkin edi, biroq uning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Ayk Musaxanyan bo‘sh qolgan darvozaga joylab qo‘ydi. Mehmonlar bunga 78-daqiqada kiritilgan to‘p bilan javob qaytardi. O‘yin yakunlanishi arafasida Bakich yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:1.

“Talabalar” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 34 taga yetkazib olgan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Smolevichi” (14) esa so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Belarus Oliy Ligasi

22-tur bahsi

22-avgust, shanba

Gollar: 1:0 – 22 Umarov, 2:0 – 32 Bakich, 3:0 – 53 Musaxanyan, 3:1 – 78 Makarov, 4:1 – 89 Bakich.

“Energetik-BGU”: Makavchik, Svirepa, Sokol, Yudchits, Mavatu (Girs, 77), Miroshnikov, Sovpel, Nosko, Umarov, Bakich, Musaxanyan (Muhamedov, 76).

“Smolevichi”: Lazovskiy, Rodionov (Xankevich, 46), Rashenya, Halimonchik, Alibekov (Gurban, 77), Jevnerov, Demchenko, Jigero (Aleksandrovich, 66), Makarov, Shegrikovich, Lojkin.

Ogohlantirishlar: Lojkin (68), Jevnerov (72).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют