» » DXX Namanganda Suriyadagi jangarilar bilan aloqa bog‘lagan guruhni qo‘lga oldi

DXX Namanganda Suriyadagi jangarilar bilan aloqa bog‘lagan guruhni qo‘lga oldi


DXX Namangan viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelgan noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi O‘zA.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kosibchilik bilan shug‘ullanuvchi, 1965-yilda tug‘ilgan fuqaro Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi profili orqali diniy-ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lmish “Abu Saloh”, “Sodiq Samarqandiy” va boshqalarning hijrat, jihodga chorlovchi audio-video materiallarini joylashtirib, targ‘ibot ishlarini olib borgan.

Shuningdek, Suriyadagi jangarilar bilan virtual aloqa bog‘lab, Rossiyadagi tanishlari orqali ularga bir necha marotaba pul mablag‘lari jo‘natgan.

Mazkur fuqaro o‘g‘li, jiyani, sinfdoshi va tanishlarini — jami 6 kishini o‘z virtual guruhiga qo‘shgan.

Guruh a’zolarining yashash manzillaridan 7 ta mobil telefon apparati, 80 ta DVD va CD disklar, 2 ta mikrochip, 2 ta flesh-karta, 1 dona kitob va 1 dona daftar ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Yangiyo‘lda, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, Andijon shahrida “Jihodchilar” guruhi a’zolari qo‘lga olingani, Farg‘onada esa “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkiloti faoliyatiga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют