» » O‘zbekistonda 22-avgust kuni 458 kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentda 7 kishi vafot etdi

O‘zbekistonda 22-avgust kuni 458 kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentda 7 kishi vafot etdi


O‘zbekistonda 21-avgust soat 23:30 dan 22-avgust soat 23:00 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 458 ta holat qayd etildi. Bu avgust oyidagi eng past ko‘rsatkichlar orasida ikkinchi natijadir. Bir kun avval 381 kishida koronavirus aniqlanib, 1,5 oy ichidagi eng past ko‘rsatkich qayd etilgandi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 38532 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 458 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 10 ta hududda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar qayd etildi.

O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

SSV Toshkent shahrida 7 nafar bemor koronavirus asoratlaridan vafot etganini ma’lum qildi. Ular orasida Buxoro viloyati rahbari Karim Kamolov ham bor.

Birinchi o‘lim. Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 75 yoshli U.X. ismli erkak vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Shayxontohur tumanida yashagan 36 yoshli F.A. ismli erkak vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov 65 yoshida vafot etdi. Unda 25-iyul kuni koronavirus aniqlangandi. 29-iyuldan beri esa Toshkent shahrida davolanayotgandi.

To‘rtinchi o‘lim. Zangiota tumanidagi ko‘p tarmoqdi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan farg‘onalik 59 yoshli F.T. ismli ayol vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashagan 29 yoshli B.L. ismli erkak vafot etgan.

Oltinchi o‘lim. Yunusobod tumanida yashagan 78 yoshli R.A. ismli erkak vafot etgan.

Yettinchi o‘lim. Yunusobod tumanida yashagan 67 yoshli R.A. ismli ayol vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 267 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 276 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3689 nafar bemordan 259 nafari og‘ir, 116 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

22-avgust kuni O‘zbekistonning 5 ta hududida 587 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Avgust oyida 20-marta sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38532 nafar bemordan 34576 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda. Bir kun avval ham davolanish ko‘rsatkichi 89 foiz bo‘lgandi. Bu eng yuqori natija hisoblanadi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют