» » Mushuk Yangi Zelandiyada yilning eng mashhurlari orasida yetakchilik qilmoqda. Mamlakat bosh vaziri uning asosiy raqibi

Mushuk Yangi Zelandiyada yilning eng mashhurlari orasida yetakchilik qilmoqda. Mamlakat bosh vaziri uning asosiy raqibi


Mittens laqabli mallarang mushuk Yangi Zelandiyada yilning eng mashhuri deya e’tirof etilishi mumkin, deb yozadi Harper’s Bazaar. Shu vaqtgacha e’tirofga hayvonlar nomzodi qo‘yilmagan.

Ta’kidlanishiga qaraganda, mahalliy aholi bilan tanishib ulgurgan Mittens har kuni Vellington shahri bo‘ylab sayr qiladi. Egasi shahar markazini kezishi uchun bemalol ko‘chaga qo‘yadigan mushukni tatu-salon, ofis, universitet va pochta idoralari, shuningdek, cherkovlarda ko‘rish mumkin. Lekin mahalliy aholi uni daydib, yo‘qolib qolgan deb o‘ylab bir necha marotaba politsiya idorasiga ham olib borgan.

Mushuk bir necha marta hayvonlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lishning oldini olish jamiyatiga olib borilganidan keyin Mittensda hammasi joyida ekani, qutqarishning hojati yo‘qligini boshqalarga bildirish maqsadida uning nomidan Facebook’da sahifa ochishga qaror qilingan, hozirda uning 50 ming kuzatuvchisi bor. Avvalroq esa mushukka shahar ramziy kaliti berilgan.

Mushukdan tashqari mazkur e’tirofga Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern va Sog‘liqni saqlash departamenti rahbari Eshli Blumfildning nomzodlari qo‘yilgan. Avvalgi g‘oliblar orasida aktyor va rejissor Tayka Vaytiti, komik Mayk King va regbi sporti bo‘yicha All Blacks jamoasining sobiq a’zosi Richi Makkou bor.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют