» » G‘allaorolda “Jiguli” piyodani urib yubordi

G‘allaorolda “Jiguli” piyodani urib yubordi


Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 21-avgust, juma kuni 27 yoshli haydovchi piyodani urib yuborgan, deyiladi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xabarida.

Shu kuni soat 17:00 larda 1993-yilda tug‘ilgan G‘allaorol tumanida yashovchi haydovchi “VAZ-21063”da piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avval Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida haydovchining aybi bilan sodir bo‘lgan YTHda bir nafar fuqaro vafot etgani, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yuk mashinasi piyodani urib yuborgani, oqibatda 66 yoshli piyoda voqea joyida halok bo‘lgani, Sirdaryoda “KamAZ” haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgani, jabrlanuvchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют