» » Andijon tibbiyot institutida 10 mingga yaqin shifokor koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga qayta o‘qitildi

Andijon tibbiyot institutida 10 mingga yaqin shifokor koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga qayta o‘qitildi


Andijon davlat tibbiyot institutida koronavirus infeksiyasi profilaktikasi, tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha tashkil etilgan qisqa muddatli kurslar orqali jami 9651 nafar vodiylik shifokor koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun o‘qitildi. Bu haqda “Daryo”ga institut matbuot xizmati xodimi Odil Karimov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Prezidentning 2020-yil 29-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda Sog‘liqni saqlash vazirining 22-martdagi “Koronavirus infeksiyasini tashxislash, davolash va oldini olish bo‘yicha zaxira mutaxassislarni tayyorlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan Andijon davlat tibbiyot institutida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan.

Institut rektori Madamin Madazimovning aytishicha, ushbu maxsus kurslarga Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida faoliyat olib borayotgan 9651 nafar tibbiyot xodimi hamda talabalar jalb qilingan. Ularning 3627 nafari oliy toifadagi shifokor, 3799 nafari o‘rta va 1426 nafari esa kichik tibbiyot xodimi, 269 nafari klinik ordinatorni tashkil etadi. Shuningdek, 95 nafar magistratura hamda 435 nafari bakalavriat yo‘nalishida tahsil oluvchi bitiruvchilar ham ushbu kurslarga jalb qilingan.

“Bugungi vaziyat hamda hukumat komissiyasi tomonidan berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, iyul oyida 69 nafar institut professor-o‘qituvchisi hamda 129 nafar tibbiyot hamda jamoat salomatligi texnikumlari o‘qituvchisi tibbiyot xodimlarini pulmonologiya mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitish maqsadida qisqa muddatli kurslarda malaka oshirdi. Ular tomonidan esa shu kunga qadar Andijon hamda Namangan viloyatlaridagi davolash-profilaktika muassasalarida mehnat qilayotgan 274 nafar shifokor onlayn tartibda pulmonologiya mutaxassisligi bo‘yicha qayta o‘qitildi. Shuningdek, hozirda 200 nafar shifokor infeksionist mutaxassisligi bo‘yicha ham o‘qitilmoqda”, — deydi Madamin Madazimov.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют