» » Samarqandda 2020-yilning birinchi choragida 2012 nafar shaxs javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi

Samarqandda 2020-yilning birinchi choragida 2012 nafar shaxs javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi


Samarqandda prokurorlar qarori va taqdimnomalari asosida 2020-yilning birinchi choragida 2012 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilgan, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ta’kidlanishicha, viloyatdagi prokurorlar 2020-yilning o‘tgan davri mobaynida 1349 ta noqonuniy qarorga protest keltirilib, sudlarga 19 milliard so‘mlik 614 ta da’vo ariza kiritgan.

Shuningdek, davlat organlarining huquqiy hujjatlari o‘rganilishi natijasida 6056 ta prokuror nazorati hujjati qo‘llanilgan va 1343 nafar fuqaroning buzilgan huquqi tiklangan.

Viloyat prokuraturasi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasi hamda jinoyatlarni tergov qilish jarayonida 14 milliard so‘mlik zarar undirilgan va mahalliy budjetga tushirilgan. Birgina umumiy nazorat yo‘nalishi bo‘yicha qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 157 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:  



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют