» » Samarqandda sandiqdan 8200 dollar va 20 mln so‘mni o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi

Samarqandda sandiqdan 8200 dollar va 20 mln so‘mni o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi


Samarqand viloyatining Nurobod tumanida temir sandiqdan 8 ming 200 dollar va 20 million so‘mni o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan viloyat IIB axborot xizmatining yozishicha, o‘g‘rilik 2020-yilning 14-avgust kuni sodir bo‘lgan.

Nurobod tumanining “Sazag‘an” mahallasida yashovchi J. ismli fuqaro 2020-yil 21-avgust kuni Nurobod tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, uyiga noma’lum shaxslar kirganini, temir sandiq ichidan 8 ming 200 dollari va 20 million so‘m pulini o‘g‘irlaganini ma’lum qilgan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida mazkur o‘g‘rilikni “Sazag‘an” mahallasida yashovchi 22 yoshli L. va 24 yoshli Q. sodir etgani aniqlangan va ulardagi ashyoviy dalillar hujjatlashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Nurobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” (ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют