» » AQShda Elton Jonga tegishli bo‘lgan noyob Delahaye 175 kabrioleti sotuvga qo‘yildi

AQShda Elton Jonga tegishli bo‘lgan noyob Delahaye 175 kabrioleti sotuvga qo‘yildi


Britaniyalik mashhur qo‘shiqchi Elton Jonga tegishli bo‘lgan 1949-yilgi noyob Delahaye 174 kabrioleti sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi CARakoom.

Rul qismi chap tarafda joylashgan Delahaye Hindiston maharajasi Maysur uchun lyukli kupe ko‘rinishida yaratilgan. 1970-yillar boshida u amerikalik biznesmen tomonidan xarid qilinib, Yevropaga yuborilgan va 1979-yilda auksion orqali sotilgan. Elton Jon esa avtomobilni 1980-yilda sotib olib, 1983-yilga qadar egalik qilgan.

Tez orada model qayta ta’mirlanib, kabrioletga aylantirilgan va 2001-yilda Petersen avtomobillar muzeyi kolleksiyasini to‘ldirgan. Ayni vaqtda u Los-Anjelesda saqlanayotgan bo‘lib, muzey bilan sotuvga qo‘yilgan. Zavoddan chiqqan vaqtida xardtop bo‘lgan avtomobil kumush rangga, keyinroq esa qizilga bo‘yalgan.

Modelga sariq faralar va tumanga qarshi Marchal fonarlari, 18 dyuymli xromlangan diskalar o‘rnatilgan.

Hozirga qadar 2700 kilometr yo‘l bosgan mashina 4,45 litrli olti silindrli dvigatel yordamida harakatga keladi. Quvvat orqa g‘ildiraklarga to‘rt pog‘onali uzatmalar qutisi yordamida uzatiladi.

Avvalroq afsonaviy rok-musiqachi Erik Klepton o‘zining Ferrari 599 GTB avtomobilini sotuvga qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют