» » Olimlar Rossiya vaksinasi tufayli COVID-19 mutatsiyaga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi

Olimlar Rossiya vaksinasi tufayli COVID-19 mutatsiyaga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi


Rossiyaning uchinchi bosqich sinovlaridan otmagan koronavirusga qarshi Sputnik Vvaksinasini qollash rejasi olimlarni xavotirga soldi, deb yozmoqda Reuters. Ularning fikricha, vaksina yetarli darajada samarali bolmasligi, oqibatda virus mutatsiyaga uchrashi mumkin.

Gap toliq himoya qilolmasligi mumkin bolgan vaksinani orqali patogenga evolyutsion bosim korsatish haqida ketmoqda. Britaniyaning Reding universiteti virusologiya professori Ien Jonsning bildirishicha, buning oqibatida virus mutatsiyaga uchrab, yangi shtammni hosil qilishi, u esa keyinchalikboshqa barcha vaksinalarni ham chetlab otadigan bolishi ehtimoldan xoli emas.

Vaksina samarali ekanligiga ishonch hosil qilmoqchimiz. Biz haqiqatan ham buni bilmaymiz, degan AQShning Vanderbilt universiteti tibbiyot maktabining vaksina boyicha mutaxassisi va pediatriya professori Ketrin Edvards. Uning aytishicha, vaksinaning virusga tasiri, shu jumladan, unga qarshi kurashishi, blokirovka qilishi yoki moslashtirishi xavotir uygotadi.

Samarali bolmagan vaksinani qollash juda kop xavf keltirib chiqarishi mumkin. Uning mutatsiyaga uchrashi esa nazariy xavfdir, degan Bostondagi Beth-Israel Deaconess tibbiyot markazining mutaxassisi Den Baruh. Shu bilan birga, Baruh koronaviruslarning mutatsiyalanishi chastotasi OIV kabi viruslar holatiga qaraganda ancha past ekanligini takidladi. Ien Jons ham virusning vaksina orqali mutatsiyaga uchrashi kamyob holat ekanligini bildirgan.

Uning aytishicha, vaksina virusning hujayraga kirib u yerda replikatsiyaga uchrashidan qanchalik samarali himoya qilsa, virus tarqalishi xavfi vakasallik antitana himoyasiga chap berib otishi shunchalik kam boladi.

Eslatib otamiz, Rossiyaning farmatsevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini birlashtirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasi Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksina yetarlicha sinovdan otkazilmagani uchun uni royxatdan otkazishni kechiktirishgachaqirgandi.

Bunga javoban Rossiyaning Sogliqni saqlashni nazorat qilish federal xizmati (Roszdravnadzor)ushbu vaksina bilan bir necha yuzlab kongillilar emlangani va ularda vaksinaga nisbatan jiddiy nojoya tasirlar kuzatilmaganinimalum qilgan. Shuningdek, Rossiya Sogliqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh epidemiologi Nikolay Briko COVID-19ga qarshi vaksinani yaratishda adenovirus asosida bir xil texnologiya ishlatilganini, shuning uchun bu holda u qayta korib chiqishga, kechiktirishga muhtoj emasliginibildirgan.

11-avgust kuni ushbu vaksina vaqtinchalik royxatdan otish guvohnomasini oldi.Vaksina toliq samaradorlik tadqiqotini otkazish sharti bilanroyxatdan otkazilganva guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Rossiyada koronavirusga qarshi ushbu vaksinani ommaviy qollash oktabr oyidan boshlanadi. Vaksinaning klinik sinovlari uchinchi fazasining yakunlanishidan (hatto boshlanishidan) oldin royxatdan otkazilishi preparatni endi nafaqat sinovlardagi ishtiroki uchun kompensatsiya oladigan va nojoya tasirga qarshi sugurta qilinadigan kongillilar, balki 18 yoshdan 60 yoshgacha bolgan oddiy odamlar ham qabul qilishi mumkinligini anglatadi.

Ishlab chiqaruvchilarning vadalariga qaramasdan, haligacha mazkur vaksina haqida ilmiy jurnallarda hech qanday malumot elon qilinmagan. Vaksina ishlab chiqarilishi haqida xabar berish uchun yaratilgan saytda shu paytga qadar otkazilgan qoshma faza tadqiqotlari haqida ham malumot berilmagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (24-08-2020, 15:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
:
-
:
20 ... -