» » “Osmondan uch metr yuqorida” filmi aktyorlari 10 yil ichida qay darajada o‘zgardi? (foto)

“Osmondan uch metr yuqorida” filmi aktyorlari 10 yil ichida qay darajada o‘zgardi? (foto)


2010-yilda kambag‘al yigit va boy qizning muhabbati haqida hikoya qiluvchi “Osmondan uch metr yuqorida” filmi namoyish etildi. Film premyeradan so‘ng aqlbovar qilmas darajada muxlislarga ega bo‘ldi.

Film mashhurlikka erishganining sababi nafaqat sevgi hikoyasi, balki bosh qahramon Ache rolini ijro etgan Mario Kasas o‘z mahoratini namoyon qilganida ham edi. “Osmondan uch metr yuqorida” filmi namoyish etilgan vaqtda Mario unchalik taniqli bo‘lmagan ispan aktyori edi. Filmdan so‘ng uning karyerasi sezilarli darajada yuqoriladi.

Oradan 10 yil vaqt o‘tib, Mario ko‘rkamlashdi, unga bo‘lgan talab yanada ortdi.

2020-yil uning ishtirokidagi “Okkupant”, “Haddidan oshish” filmlari namoyish etiladi.

Babi rolini ispaniyalik aktrisa Mariya Valverde ijro etgan.

“Osmondan uch metr yuqorida” filmidan so‘ng Mariya ham mashhurlikka erishdi va uni boshqa filmlarning bosh roliga taklif eta boshlashdi.

Mario va Mariya 2013-yilda yana qayta birga ishladi, ular “Xachir” dramasida birga rol ijro etdi. Ularning filmlardagi muhabbati hayotga ham ko‘chib, Mario va Mariya bir muddat birga yashagan.

Filmning ikkinchi qismida Achening sevgilisi obrazini yosh aktrisa Klara Lago ijro etdi.

Ikkinchi qism Klaraga omad keltirdi, u hanuzgacha bosh rollarda o‘ynamoqda.

Bosh rollarni ijro etgan Mario, Mariya va Klara o‘zaro do‘stona munosabatda. Ammo yulduzlar o‘zining shaxsiy hayoti haqida ko‘p narsani oshkor qilmaydi, hatto muxlislar bilan ham tafsilotlarni bo‘lishmaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют