» » Volvo avtomobillari eng yuqori texnologiyaga ega ekanligi ma’lum qilindi

Volvo avtomobillari eng yuqori texnologiyaga ega ekanligi ma’lum qilindi


Amerikaning J.D.Power tahlil agentligi yangi avtomobillarning texnik innovatsiyasi reytingini tuzib chiqib, ularning amaliyotga qanchalik yaxshi joriy etilganini aniqladi, deb xabar beradi Motor.

Amerika kompaniyasi 2020-yilda qaysi avtomobil markalari eng ko‘p texnik innovatsiyalardan foydalanib, amerikalik iste’molchilarga ma’qul kelganini aniqladi. Buning uchun TXI indeksi (Tech Experience Index) yaratilgan bo‘lib, uning yordamida yuqori texnologiyalari va avtomobil egasining undan qoniqish darajasi baholangan. Natijada Volvo eng yuqori texnologiyaga ega avtomobil deya topilgan: ushbu marka 617 indeksi bilan 1-o‘rinni egallagan.

Ikkinchi o‘rin BMW’ga (583) nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Cadillac (577) yakun yasagan. Uning ortidan Mercedes-Benz (567) va Genesis (559) o‘rin olgan. Oltinchi o‘rinni Hyundai egallagan bo‘lib (556), bu hamyonbop markalar orasida eng yaxshi natija hisoblanadi. Amerikaliklar eng yomon marka deya Mini’ni tanlagan — 444. Mamlakatning 15 shtatida o‘z mijozlari orasida so‘rov o‘tkazishni taqiqlovchi Tesla kompaniyasi esa 593 ball to‘plagan. Iste’molchilar eng foyda beradigan innovatsiya deya atrofni kuzatish tizimini baholagan, eng yoqmagani — qo‘l harakatlari yordamida boshqariladigan multimedia tizimi.

Eslatib o‘tamiz, J.D.Power’ning iyun oyidagi eng sifatli avtomobillar reytingida Tesla eng oxirgi o‘rinni egallagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют