» » Tashqi ko‘rinishni tez tartibga solish uchun yordam beradigan 10 ta layfxak

Tashqi ko‘rinishni tez tartibga solish uchun yordam beradigan 10 ta layfxak


Kutilmaganda belgilangan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun ancha vaqt kerak, lekin buning iloji yo‘q. Unda quyidagi 10 ta layfxak ham vaqtni tejashda, ham pardoz masalasida yordam berishi tabiiy.

Lak bo‘yog‘ini tezroq quriting

Agar hozirgina tirnoqqa surtilgan lak bo‘yog‘ini quritishga vaqt bo‘lmasa, dunyodagi minglab ayollar qo‘llaydigan layfxakni sinab ko‘rish kerak. Qo‘lga surtilgan bo‘yoq 2-3 daqiqa davomida havoda quritiladi. So‘ngra barmoqlar idishdagi sovuq suvga biroz botiriladi. Past harorat evaziga tirnoq bo‘yoqlari tezroq quriydi.

Uy sharoitida ko‘z uchun patch tayyorlang

Bitta bodringning yarmi blender yordamida maydalanadi. Hosil bo‘lgan massaga 1 choy qoshiq limon sharbati hamda 3/1 stakan ko‘k choy aralashtiriladi. Paxta bo‘lakchalarga bo‘linadi va aralashmaga botiriladi. Patchlar alohida havo o‘tkazmaydigan qadoqlarga solinib, so‘ng muzlatiladi.

Ushbu vosita ko‘z atrofidagi shishlarni bartaraf etadi, shuningdek, ko‘z ostidagi terini oqartirish va namlantirish xususiyatiga ega.

Manikyurga ahamiyat bering

Yaqinda bo‘yalgan tirnoqlar qanchalik avaylansa ham, uning qayerigadir zarar berish tabiiy holat. Shunday vaziyatda maslahatga amal qilish kerak. Lak ustiga biroz yog‘ surtilib, til yordamida harakatlantiriladi va muammoga uchragan joy tekislanadi. Sinalgan uslub!

Lablarga kontur chizing

Tekis va chiroyli qilib labning chegarasiga ishlov berish qiyin ish. Lekin bunda hiyla ishlatsa bo‘ladi. Buning uchun lab bo‘yog‘iga mos keladigan qalam bilan ikki labning markaziga X  belgisi chiziladi. Belgilangan qism pastki labning yoy qismiga to‘g‘ri kelishi kerak.

Chizilgan belgini mo‘ljal qilib, lab chegaralariga chizilgan chiziq bir-biriga tutashtiriladi. Shunda u chiroyli va ravon chiqadi.

Tirnoqlarni tartibga keltiring

Tirnoq atrofidagi qo‘pol va quruq teri manikyurga xalaqit berishi tabiiy. Uning yumshoqligini va mayinligini tiklash uchun “Ayevit” kapsulalarini surtish kerak va tirnoq atrofi va barmoqlarni yaxshilab bir-biriga ishqalash tavsiya etiladi.

Yuzdan qora nuqtalarni tozalang

Yuzdagi mayda qora nuqtachalarni tozalash ko‘p vaqt talab etadi. Bunga iloji bo‘lmasa, arzon va uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan niqobdan foydalanish mumkin. Buning uchun 1 choy qoshiq ichimlik sodasiga 1 choy qoshiq apelsin sharbati aralashtiriladi. Yuzning muammoli joyiga qalin qilib aralashma surtiladi va 20 daqiqaga qoldiriladi. So‘ng paxta bilan artib, tozalanadi.

Yanoqlarni yaltirating

Pardozni juda shoshilinch tarzda qilishga to‘g‘ri kelsa, rumyanalar o‘rniga yaltiroq lab bo‘yog‘idan foydalanish mumkin. Bo‘yoqning bir tomchisi yanoq ustiga surtilib, so‘ng qo‘l yordamida yoyib chiqiladi. Ushbu uslub chindan ham yanoqlarga tabiiy qizillik bag‘ishlaydi, keyinchalik ham undan samarali foydalanish mumkin.

Kipriklarni qayiring

Kipriklarni qayirishdan avval kiprik qayirgich qisqichini soch quritgich yordamida isitib olish kerak. Shunda kun davomida kipriklar shaklini yo‘qotmaydi.

Smoki-ays uslubida pardoz qiling

Ushbu uslub juda murakkab bo‘lib, agar barcha qonun-qoidalar asosida bajarilgudek bo‘lsa, juda ko‘p vaqt talab etiladi. Lekin uning oddiy varianti ham bor. Pardoz uchun uchta bo‘yoq cho‘tkalari tanlanadi. Birinchisida tenning to‘qroq rangi qovoqqa surtiladi, ikkinchisida, och rang bilan aralashtiriladi. Uchinchisida esa rang chegaralariga ishlov beriladi.

Soch turmagini tuzating

Sochni quritmasdan uxlash rangning xiralashishi va bo‘ysunmasligiga olib keladi. Toza tish cho‘tkasi yordamida sochning bo‘ysunmas qismi namlanib, taraladi va kutilgan natijaga erishiladi. Afsuski, taroqlar bunday xususiyatga ega emas.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют