» » O‘zbekiston BAAdagi xorijlik ishchilar bozorida katta ulushni egallash niyatida. Muhojirlar uch yo‘nalish bo‘yicha tayyorlanadi

O‘zbekiston BAAdagi xorijlik ishchilar bozorida katta ulushni egallash niyatida. Muhojirlar uch yo‘nalish bo‘yicha tayyorlanadi


O‘zbekiston BAAdagi xorijliklar uchun mo‘ljallangan mehnat bozorida katta ulushni egallash niyatida. Muhojirlar Toshkent va Sirdaryoda uch yo‘nalish bo‘yicha tayyorlanadi, deb xabar beradi “Podrobno.uz”.

“Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda diversifakatsiya bo‘yicha yirik dastur ishlab chiqilmoqda. Dastur maqsadi — ayrim mamlakatlardan keluvchi muhojirlar sonini qisqartirish va Markaziy Osiyodan, xususan, O‘zbekistondan boradigan muhojirlar sonini oshirish. Mart oyida ushbu mamlakat hukumati a’zolari yurtimizga amalga oshirgan tashrifi vaqtida Mehnat vazirligi va ish beruvchilari bilan kelishuv imzolangan edi”, — deydi O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistonda ushbu muhojirlarni tayyorlash maqsadida Toshkent va Sirdaryoda o‘quv markazlarini ochish rejalashtirilmoqda. Markazlar uch yo‘nalish bo‘yicha tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi — mehmonxona servisi, qariyalarga uyda xizmat ko‘rsatish va taksi haydash.

“BAAga ketish uchun muhojirlar kamida 500-600 ta inglizcha, 300 ga yaqin arabcha so‘z bilish va IT-texnologiya borasidagi qonunchilikni tushunishi kerak bo‘ladi”, — deydi Muhitdinov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-avgust kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida xorijiy mehnat migratsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tizim yaratilishi aytilgan edi.

Mavzuga doir: Rossiya hududida ishlash huquqini beruvchi patentni O‘zbekistonda olish imkoniyati yaratilishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют