» » Bahraynda turistlar uchun karantin tartibi bekor qilindi

Bahraynda turistlar uchun karantin tartibi bekor qilindi


Bahrayn hukumati 1-iyuldan beri amalda bo‘lgan xorijlik sayyohlarni 10 kunlik majburiy karantinga olish tartibini bekor qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bergan.

Majburiy izolyatsiyada bo‘lish tartibining bekor bo‘lishiga mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinishlar soni kamaygani bilan bog‘liq: 2020-yil 1-iyuldan 16-avgustgacha bo‘lgan oraliqda xorijlik turistlarning 0,2 foizida COVID-19 borligi aniqlangan.

Bahrayn hududiga kirish uchun hali ham ikkita test topshirish talab etiladi: birinchisi mamlakatga kelgan zahoti aeroportda topshiriladi, ikkinchi test esa turist hududga kirganidan keyin 10 kun davomida (agar undan qisqa muddatga kelgan bo‘lmasa).

Testlarni topshirish narxi — 60 Bahrayn dinoriga teng (taxminan 156 AQSh dollari).

Shuningdek, turist BeAware Bahrain ilovasini yuklab olishi va ishga tushirishi, koronavirusga topshirgan testida manfiy natija chiqmaguniga qadar karantinda qolishini kafolatlovchi deklaratsiyani to‘ldirishi talab qilinadi. Sayyohlar test natijasini qayerda kutishi va ushbu jarayonga qancha vaqt sarf etilishi haqida hukumat axborotida aytilmagan.

Turoperatorlarning qayd etishicha Bahraynda majburiy tartibdagi karantinning turistlar uchun bekor qilinishi ushbu mamlakatga sayohat qiluvchilar sonini keskin oshirmaydi.

Iyul oyida Bahraynda mikroorganizmlar, xususan, koronavirusni yo‘q qila oladigan robot ishlab chiqilgani haqida xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 06:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 73) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют