» » Sergelida Rossiyaga pomidor eksport qilamiz, deb tadbirkorning 5000 dollarini “uxlatgan” shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sergelida Rossiyaga pomidor eksport qilamiz, deb tadbirkorning 5000 dollarini “uxlatgan” shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Toshkent shahrining Sergeli tumanida tadbirkorning 5000 dollar pulini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro M.O. “F-T.” MChJ ta’sischisi X.Z.ning ishonchiga kirib, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ishontirgan. Uni Rossiyaga pomidor mahsulotlarini eksport qilish hamda un mahsulotlarini olib sotish orqali katta miqdorda foyda olishga qiziqtirgan va 5000 dollarini qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan M.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (takroran firibgarlik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Andijon viloyatida birgalikda biznes yuritish maqsadida uch kishidan jami 35 200 dollar pul olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan shaxs qo‘lga olingani, Toshkentda ikki fuqaroning 214 million so‘m pulini “yeb yuborgan” shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют