» » Shavkat Mirziyoyev: “Odamlarni markazdan Bektemirga ko‘chib keladigan qilamiz”

Shavkat Mirziyoyev: “Odamlarni markazdan Bektemirga ko‘chib keladigan qilamiz”


Toshkentning Bektemir tumani maydoni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari hududlarini qo‘shish hisobiga kengaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni tuman faollari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum qilgan.

Prezident matbuot xizmatining yozishicha, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlaridan jami 1639 gektar yer o‘tkaziladi. Natijada tuman hududi 3472 gektarga yetadi.

“Nima uchun (tuman hududini kengaytiryapmiz)? Sanoat korxonalarini ko‘paytirmoqchimiz. Katta rejalar qo‘ydikki, mana shu Bektemirga Toshkent viloyatidan qo‘shilayotgan joylari, sizlar bilan bamaslahat, xuddi Sergelida qurganimizga o‘xshab, eng kamida 50 ming, 70 ming odamga yarasha ko‘p qavatli uylar qurmoqchimiz. Bektemirni mutlaqo boshqacha qilamiz. Markazdan Bektemirga ko‘chib keladigan qilamiz”, — deydi Prezident (iqtibos “O‘zbekiston 24” telekanali lavhasidan olindi).

Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda Bektemir tumani aholisini 200 ming kishiga yetkazish rejalashtirilgan.

“Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud. Bektemir tumani katta imkoniyatlarga ega”, — deydi davlat rahbari.

DSK Binokor (yirik panelli uy-joy qurilishi uchun temir-beton buyumlar ishlab chiqaruvchi) majmuasiga tashrifi chog‘ida davlat rahbari o‘z saylovoldi dasturida Toshkentda 500 ta ko‘p qavatli binolarni qurish bo‘yicha va’dasini qisqa vaqt ichida bajarganini ta’kidlagan.

“Uy qurilish sohasida biz bor tajribamizni 25 yil yo‘q qilib, barbod qildik. Na quruvchi paydo bo‘ldi, na kranchi paydo bo‘ldi. Biz boshlaganimizda Toshkentda 10 ta baland kran yo‘q edi. 500 ta uyni 5 yilda quraman, deb va’da bergan edim saylovoldi dasturimda. 2,5 yilda qurdik. Faqat Sergelida”, — deydi Prezident.

Avvalroq Bektemir tumani hokimi Shohrux Mamajonov va tuman sektorlari rahbarlari Prezident tashrifidan so‘ng lavozimlaridan ozod qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Sergelidagi Yangi hayot kichik tumani maydoni poytaxt va Toshkent viloyatidagi 6 tuman hududi hisobiga kengayadi

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida bajarilayotgan ishlar, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Davlat rahbari metall konstruksiyalar zavodiga, “Binokor” mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishlab chiqarish maydoniga, pishloq ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonaga, to‘qimachilik dastgohlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan korxonaga, “O‘zavtosanoat” tomonidan tashkil qilingan Cooperation LAB tarmoqlararo kooperatsiya markaziga tashrif buyurdi. Cooperation LAB markazida sanoat sohalarida mahalliylashtirishni kengaytirish masalasida yig‘ilish o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют