» » Tiago Silva faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi

Tiago Silva faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi


Braziliyalik himoyachi Tiago Silva faoliyatini “Chelsi”da davom ettiradi.

The Athletic jurnalisti Devid Orshteynning xabar qilishicha, tomonlar “1+1” ko‘rinishidagi shartnoma imzolaydi.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skira versiyasiga ko‘ra, Silvaning yillik maoshi 10 million yevroga teng bo‘ladi.

35 yoshli futbolchi shu haftada “Chelsi” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Silva 2012—2020-yillar mobaynida PSJ safida to‘p surdi. 2019/20-yilgi mavsum yakunlangach u erkin agent maqomini oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют