» » “Barselona” sobiq prezidenti: “Messini 700 mln yevrodan kamiga sotish 2:8 hisobidan ham sharmandaliroq ish bo‘ladi”

“Barselona” sobiq prezidenti: “Messini 700 mln yevrodan kamiga sotish 2:8 hisobidan ham sharmandaliroq ish bo‘ladi”


“Barselona” sobiq prezidenti Joan Gaspar Lionel Messining katalonlar safini tark etishni istayotgani borasidagi xabarlar haqida fikr bildirdi.

Messi keta olmaydi. U 2021-yilda ketadi. Men shartnomani ko‘rganman va u yerda hammasi aniq. Bandni faollashtirish muddati iyun oyida tugagan, uni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Bu yerda klub qaror qabul qiladi, futbolchi emas. Gap pulda ham emas — shartnoma bor, bori shu. Messini juda yaxshi ko‘raman, biroq “Barselona”ni undan ko‘proq yaxshi ko‘raman. Uni qo‘lga kiritishni istaganlar tovon pulini (700 million yevro) to‘lab qo‘ysin. Shartnomalar ularga amal qilish uchun tuziladi.

Tushunaman, atrofidagilar Lionelga bosim o‘tkazmoqda, shu sabab u ketishni istayapti. Ammo men prezident bo‘lganimda uni bir yevro kamiga ham sotmasdim. Agar Messi tovon pulida ko‘rsatilgan miqdordan kamroq pul evaziga ketsa, bu 2:8 hisobidan ham sharmandaliroq holat bo‘ladi. Uni 699 million yevroga sotgandan ko‘ra, kelasi yili tekinga qo‘yib yuborishni ma’qul ko‘rardim.

Joan Gaspar, “Barselona” sobiq prezidenti

Eslatib o‘tamiz, Messi “Barselona”ni tark etish niyatida ekani haqida klub rahbariyatiga ma’lum qildi va iyun oyida muddati tugaganiga qaramay shartnomani biryoqlama bekor qilishni xohlamoqda. O‘z navbatida “Barselona” buning iloji yo‘qligini ma’lum qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 08:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют