» » Ozbekgidroenergo AJ London birjasida obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda

Ozbekgidroenergo AJ London birjasida obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda


Ozbekgidroenergo AJ Loyihalar fabrikasidan orin olgan yangi GESlarni qurish, modernizatsiya qilish borasidagi investitsiyaviy loyihalarning amaliy ijrosida faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlaridan davlat kafolatisiz kredit jalb qilish borasida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) keng qamrovli hisob-kitob operatsiyalarini qamrab oladi. Bunda, MHXS orqali aniq, majburiy qoidalar belgilanadi. MHXS moliyaviy hisobdorlik, MHXS tamoyillari hamda asosiy hisobotlar turlariga tayanadi. MHXSga muvofiq, aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromad hamda xarajatlar moliyaviy hisobdorlikning asosiy elementlari hisoblanadi.

MHXSning asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:

Ish haqini hisoblash. Bu tamoyil orqali pul mablaglari harakatlaridan qati nazar, muayyan bir davr uchun hisoblangan holat namoyon boladi.

Uzluksiz harakat tamoyili. Jamiyatning yaqin kelajakda hech bir tosiqsiz ish faoliyatini davom ettirishi, tashqi investitsiyalarni togridan togri jalb etish va halqaro kreditlarni davlat kafilligisiz olish imkoniyatini yaratadi.

MHXSga muvofiq, hujjatlar 4 ta hisobotdan iborat boladi:

korxonaning hozirgi moliyaviy holati boyicha hisobot;

umumiy daromad boyicha hisobot;

kapitalning ozgarib borishi boyicha hisobot;

pul oqimlari harakati boyicha hisobot.

Ozbekgidroenergo AJ tomonidan ana shu maqsadda Yol xaritasi ishlab chiqildi hamda izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Jamiyat tomonidan nafaqat xalqaro standartlar (MHXS) asosida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, balki, Jamiyat va uning tizim korxonalarida MHXS asosida doimiy va uzluksiz hisobdorlik faoliyati yuritilmoqda. Ushbu jarayonga malakali, yetuk va tajribali mutaxassislar jalb etildi.

Ayni vaqtda, Jamiyat va tizim korxonalarining mol-mulklarini MHXSga otkazish maqsadida, haqqoniy qiymatni aniqlash uchun Grant Thornton Valuation MChJ baholash tashkiloti bilan tegishli tartibda baholov ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Jamiyat va tizim korxonalarining moliyaviy hisobotlari MHXS asosida tolaqonli yuritilishini tasdiqlash maqsadida, butun dunyo tan olgan, jahonning audit tashkilotlari tortligiga kirgan PricewaterhouseCoopers MChJ auditorlik tashkiloti jalb etildi.

Eng muhimi, Prezidentimizning tegishli topshiriqlariga asosan, xalqaro kredit reytingini olish uchun, jahon moliyaviy bozorida tan olingan, kuchli uchlikka kiruvchi reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi bilan izchil ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning sentyabr oyida Ozbekgidroenergo AJning moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida xalqaro kredit reytingiga ega bolishi Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligida milliy gidroenergetika tarmogining oziga xos yutugidir.

Ozbekgidroenergo AJ tomonidan olib borilayotgan say-harakat, bu kabi izlanishlar zamirida xalqaro kredit reytingini olish, davlat kafolatisiz togridan togri kreditlarni jalb qilish hamda yaqin kelajakda London birjasida obligatsiyalar chiqarish rejalashtirilmoqda.

Qayd etish lozimki, Ozbekiston Respublikasida MHXSga otish ushbu yonalishda milliy iqtisodiyot tarixida yangi sahifa ochish bilan barobardir. Zero, mazkur xalqaro kredit reytingiga hozirga qadar yurtimizda energetika tizimida faoliyat yurituvchi biror-bir aksiyadorlik jamiyatlari ega emas. Bu esa, oz navbatida, Jamiyatning moliyaviy hisobotlari MHXSga muvofiq buxgalteriya hisobining milliy standartlari boyicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etilishini anglatadi.

Shu orinda, Ozbekgidroenergo AJ tarkibidagi korxonalar Ozbekistonda birinchilar qatorida ISO 50001 Energetika menejment tizimlari xalqaro standartini joriy etishga muvaffaq bolganligini qayd etish joiz.

OzDSt ISO 50001:2019 Energetika menejmenti tizimi. Qollash boyicha talab va yoriqnomalar milliy muvofiqlik standartlari boyicha sertifikatlar ilk marotaba energetika tizimida Ozbekgidroenergo AJ tarkibidagi GESlarga taqdim etilgan.

Ozbekgidroenergo AJ axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
: admin (26-08-2020, 09:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
:
-
:
20 ... -