» » Turkmaniston maktablarida har bir sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha, darslar davomiyligi 25-35 daqiqagacha qisqartiriladi

Turkmaniston maktablarida har bir sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha, darslar davomiyligi 25-35 daqiqagacha qisqartiriladi


Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahridagi maktablarda o‘quvchilar soni ularning bir qismini boshqa o‘quv muassasalariga o‘tkazish orqali kamaytiriladi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sinflarda eng ko‘pi bilan 15 nafar o‘quvchi bo‘lishi kerak. Bunday qaror COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilingan. Buning uchun sinflar ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qismi birinchi smenada o‘qisa, o‘quvchilarning qolgan qismi ikkinchi smenaga boradi.

Shuningdek, darslar davomiyligi ham qisqartiriladi. Birinchi sinf o‘quvchilari uchun har bir dars davomiyligi 25 daqiqani tashkil qiladi, 2—4-sinflarda darslar 30 daqiqa davom etsa, 5—11-sinflar uchun darslar davomiyligi 35 daqiqani tashkil qiladi. Har bir darsdan keyingi tanaffus 10 daqiqani, katta tanaffus esa 20 daqiqani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yilini 14-sentabrdan boshlash taklif qilinmoqda. Hozirda Xalq ta’limi vazirligi yangi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha 3 ta ssenariy ustida ishlamoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari Bahodir Almatov 25-avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston maktablarida darslar davomiyligini 30 daqiqa etib belgilash taklif etilganini ma’lum qilgandi. Mazkur matbuot anjumanida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov darslar 45 daqiqa davom etishi tarafdori ekanini bildirdi,



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют