» » Foto: Mo‘ynoqda yangi aeroport ishga tushdi — Toshkentdan ilk yo‘lovchi reys amalga oshirildi

Foto: Mo‘ynoqda yangi aeroport ishga tushdi — Toshkentdan ilk yo‘lovchi reys amalga oshirildi


26-avgust kuni Mo‘ynoq shahrida qurilgan yangi aeroportga birinchi yo‘lovchi reysi amalga oshirildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston xabar agentligi xabar berdi.

Airbus A-320 samolyoti yangi aeroportga Toshkentdan yo‘lovchilarni olib kelgan.

Ma’lumot uchun, Mo‘ynoq — O‘zbekiston shimoli-g‘arbiyda joylashgan shahar nomidagi aeroport bo‘lib, 1947-yilda qurilgan. 3-klassga oid Mo‘ynoq aerodromi “An-24”, “Yak-40” va boshqa yengil samolyotlarni, shuningdek, barcha turdagi vertolyotlarni qabul qilishga qodir bo‘lgan.

1960-yillar boshidan 1990-yilga qadar aerodromda “An-2” samolyotlari kuniga mahalliy liniyalar bo‘yicha (asosan, Qo‘ng‘irot, Nukus, Urganch, Taxtako‘prik, Qozoqdaryo, Aspantay, Tuley punktlari) 19 tagacha yo‘lovchi aviareyslarini amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilingan. Qarorga muvofiq, Mo‘ynoq tumani barcha zaruriy infratuzilmaga, jumladan, innovatsion maktab, sport obyektlari, davolash-profilaktika muassasalari, zamonaviy aeroport, mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar dam olish markazlari, “selfi obyekt”lari, optik tolali internet tarmog‘i, IP-televideniyega ega bo‘lgan zamonaviy shaharchaga aylantiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют