» » Litsenziyalar bekor bo‘lyapti: bu bizga nima beradi?

Litsenziyalar bekor bo‘lyapti: bu bizga nima beradi?


Litsenziya — litsenziyalanayotgan faoliyat turi bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi hujjat. Ushbu hujjat, albatta, bekorga joriy etilmagan. U ma’lum soha faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, nazorat qilish va shu faoliyat yuzasidan fuqarolar, iste’molchilar, foydalanuvchilar manfaatlarini ko‘zlagan kafolatlarni berish deganidir.

Lekin bunda ham me’yor va adolat mezonlari bo‘lishi lozimki, aks holda ortiqcha byurokratiya va boshqa to‘siqlar sabab tadbirkorlik faoliyati rivojlanmaydi, bu iqtisodiy o‘sish sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, turli suiiste’molliklar, ortiqcha bosim yuzaga keladi.

Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan erkinliklarni ko‘paytirish, iqtisodiyotga davlat aralashuvini minimallashtirish va bu borada qonunchilikni liberallashtirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha shu masala yuzasidan “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjat loyihasini ishlab chiqish jarayonida tadbirkorlik subyektlari ishtirokida 20 dan ortiq uchrashuv va muhokamalar o‘tkazilgan, 10 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari bilan anonim so‘rovlar olib borilgan va jamoatchilik orasida muhokama qilinganda, 300 ga yaqin taklif kelib tushgan.

Litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilishda quyidagi omillarga e’tibor qaratilgan:

Litsenziya va ruxsatnomalarning bekor qilinishi natijasida boj to‘lovlarining o‘zidan 45 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar tadbirkorlik subyektlari ixtiyorida qolishi kutilmoqda.

2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar belgilanmoqda:

Bu, albatta, tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirishga katta yordam beradi. Chunki bekor bo‘layotgan litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan 20 mingga yaqin, xabardor etish tartibiga o‘tkazilayotgan faoliyat turlari bilan 7 mingdan ortiq tadbirkorlar shug‘ullanmoqda.

Qator litsenziya va ruxsatnomalarning xabardor qilish tartibiga o‘tkazilishi quyidagi qulayliklarni yaratadi:

Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 1-yanvarga qadar “Litsenziya” axborot tizimi ishlab chiqilishi va ishga tushirilishi belgilanmoqda.

“Litsenziya” axborot tizimi BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining grant mablag‘larini jalb qilgan holda ochiq tender asosida ishlab chiqiladi.

Amaldagi 80 foiz litsenziya va ruxsat berish jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmagan va natijada sohada qonunbuzilishlar uchramoqda. Masalan, ulgurji savdo uchun litsenziya 2019-yildan bekor qilingan bo‘lsa-da, Surxondaryoda 10 ta va Xorazmda 22 ta holatda tadbirkorlardan asossiz yig‘im va davlat bojlari undirilgan.

2021-yil 1-yanvardan quyidagi tartiblar o‘rnatilmoqda:

Jarayonlarni raqamlashtirish bir qator ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi, jumladan:

Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va nodavlat tashkilotlarning tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatini amalga oshirish huquqi bekor qilinmoqda.

Mazkur toifadagi tashkilotlar tomonidan tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatni amalga oshirishi bir qator salbiy holatlarga olib kelmoqda. Xususan, raqobatda ushbu toifadagi korxonalarga boshqa tadbirkorlarga nisbatan ustunlik bermoqda.

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini loyihalash sohasida davlat korxonalari 30 tani tashkil etib, ular 287 million so‘mdan ortiq davlat bojini to‘lamasdan o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Quyidagilar taqiqlanmoqda:

Shuningdek, litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tayotgan tadbirkorlar ayrim hollarda turli nashrlarga obuna bo‘lishi, aksariyat xususiy shaxslarning “servis” xizmatlaridan foydalanishi lozimligi talab qilinmoqda (anonim so‘rovlarda ishtirok etganlarning 12,3 foizi litsenziya va ruxsatnomalarni olishda gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish talab qilinganligini ta’kidlagan).

Litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillari sohasida 130 ga yaqin qonun hujjatlari mavjud. Jumladan:

Masalan, taksi faoliyatini litsenziyalash yo‘nalishi oltita normativ-huquqiy xujjat bilan tartibga solingan.

Ushbu qonun hujjatlari bazasini yagona normativ-huquqiy hujjatda aks ettirish kelgusida huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilda va izchil bo‘lishiga ko‘maklashadi.

Shuni e’tiborga olib “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarni birlashtirish va quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish belgilanmoqda.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqda xususiy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishni litsenziyalash nima uchun bekor qilinmadi, degan savol ko‘p muhokama qilinmoqda.

Avvalo, ta’kidlash joizki, ushbu masala eng yuqori darajada kun tartibiga qo‘yilgan va e’tibor markazida turibdi. Xususan, Harakatlar strategiyasining 2020-yilda amalga oshirishga doir Davlat dasturida ham bu masala alohida qayd etilgan. Transport vazirligi va Adliya vazirligiga jismoniy shaxslarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqini berish bo‘yicha takliflarni kiritish vazifasi topshirilgan. Bugungi kunda ushbu takliflar kiritilgan va o‘rganish jarayonida.

Gap shundaki, ushbu soha fuqarolarning xavfsizligi, salomatligi, mulk va boshqa huquqlari daxlsizligiga doir masalalarni chuqurroq o‘rganishni talab qiladi. Biroq tahlillar va o‘rganishlar natijalari umumlashtirilib, takliflar tayyorlangan. Yaqin orada bu sohada ham yengilliklar bo‘lishi kutilmoqda.

Shahnoza Soatova,

Adliya vazirligi mas’ul xodimi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют