» » “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash” xizmat turi arizalarni elektron shaklda qabul qiladi

“Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash” xizmat turi arizalarni elektron shaklda qabul qiladi


O‘zbekiston Prezidentining 11-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5409-sonli farmoni ijrosi hamda tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida, Davyergeodezkadastr qo‘mitasining rasmiy veb-sayti va Litsenziyalash portali orqali “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash” xizmat turiga elektron arizalar yuborish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Davyergeodezkadastr qo‘mitasi” “Daryo”ga ma’lum qildi.

Litsenziyalash portalida ariza qoldirish uchun yuridik yoki jismoniy shaxs IDgov.uz’dan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim.

Davyergeodezkadastr qo‘mitasi veb saytida barcha topshiriladigan hujjatlarning elektron shaklini yuklab olish imkoniyati bo‘lib, to‘ldirilgan hujjatlarni veb saytning interaktiv xizmatlar bo‘limida onlayn tarzda jo‘natish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 00:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют