» » O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan 810 mingdan ortiq bolaga 500 ming so‘mlik yordam puli beriladi

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan 810 mingdan ortiq bolaga 500 ming so‘mlik yordam puli beriladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-avgust, chorshanba kuni “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, 2020-yilning sentabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:

Alohida qayd etilishicha, yuqorida sanab o‘tilgan aholi qatlamlari uchun nazarda tutilgan bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoshga to‘lmagan bola uchun 500 ming so‘mni tashkil etadi. Bunday moddiy yordam bilan 810 mingdan ortiq bolalar qamrab olinadi, buning uchun 400 milliard so‘m miqdorida budjet mablag‘lari sarflanadi.

Vazirlar Mahkamasiga belgilangan bir martalik moddiy yordam uchun zarur mablag‘larni Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida nazarda tutilgan hamda boshqa qo‘shimcha manbalar hisobidan amalga oshirish haqida ko‘rsatma berilgan.

Qaror ijrosini nazorat qilish bosh vazir o‘rinbosarlari Jamshid Qo‘chqorov, Behzod Musayev, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklatilgan.

Qayd etilishicha, ushbu hujjat “xalqimizning tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini namoyon etgan ‘Saxovat va ko‘mak‘ umumxalq harakatini davom ettirish hamda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlash maqsadida” qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Qurbon hayiti bayrami arafasida respublika budjetidan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 150 ming oila 1 million so‘mdan moddiy yordam olgandi. Shuningdek, 15-avgustgacha 400 mingdan ko‘proq oilaning har bir a’zosi uchun 220 ming so‘m miqdorida moddiy yordam berilishi belgilangandi. Keyinroq yana 150 mingdan ortiq oila moddiy yordam olishi ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют