WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » “Chelsi” 50 mln funt evaziga “Lester” himoyachisini sotib oldi
“Chelsi” 50 mln funt evaziga “Lester” himoyachisini sotib oldi
“Lester” himoyachisi Ben Chiluell faoliyatini “Chelsi”da davom ettiradi. Bu haqda londonliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.
23 yoshli angliyalik futbolchi “Chelsi” bilan 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.
Avvalroq “ko‘klar” himoyachi transferi uchun 50 million funt to‘lashi xabar qilingandi.
Chiluell “Lester” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2015-yildan buyon asosiy jamoada to‘p surib kelardi. 2019/20-yilgi mavsumda Ben Premyer Ligada 27 o‘yin o‘tkazib, uchtadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?