» » “Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich Lempardga ikkita yirik transferni va’da berdi

“Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich Lempardga ikkita yirik transferni va’da berdi


“Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich londonliklar bosh murabbiyi Frenk Lempardni qo‘llab-quvvatlamoqchi va yozgi transferlar oynasida unga ikkita yirik xarid amalga oshirishni va’da bergan, deya xabar qilmoqda The Athletic.

Ta’kidlanishicha, “Chelsi”ning asosiy maqsadi “Lester” himoyachisi Ben Chiluell bo‘lib turibdi. Shuningdek, “ko‘klar” short-listidan “Bayer” yarim himoyachisi Kay Haverts, “Borussiya D” vingeri Jeydon Sancho, “Lion” hujumchisi Mussa Dembele va “Leypsig” forvardi Timo Verner o‘rin olgan.

“Chelsi” yanvarda “Ayaks” yarim himoyachisi Hakim Ziyoshni sotib olgandi. Futbolchi mavsum yakunida londonliklar safiga kelib qo‘shiladi.

23 yoshli Chiluell joriy mavsum Premyer Ligada 23 o‘yin o‘tkazib, ikki gol va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionati koronavirus tufayli mart oyida to‘xtab qolgan. “Chelsi” 29-turdan so‘ng 48 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinni egallab turibdi. APL bahslari 17-iyunddan qayta davom ettiriladi.

Mavzuga doir: “Chelsi” afsonasi Frenk Lempardning londonliklar safidagi eng chiroyli gollari bitta sahifada (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 106) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют