» » Rossiyada gripp va koronavirusga qarshi yagona vaksina yaratilmoqda

Rossiyada gripp va koronavirusga qarshi yagona vaksina yaratilmoqda


Rossiyalik olimlar bir vaqtning o‘zida gripp va koronavirusdan himoya qiladigan yagona vaksina yaratish ustida ishlamoqda. Bu haqda Rossiyaning Almazov nomidagi milliy tibbiy tadqiqot markazi direktori Yevgeniy Shlyaxto ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha ustida olimlarning bir nechta guruhi ishlamoqda.

“Bu kombinatsiyali vaksina bo‘ladi. U gripp va koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitet hosil qiladigan moddalarni o‘z ichiga oladi”, — deya ma’lum qilgan markaz rahbari.

Ta’kidlanishicha, preparat hozircha boshlang‘ich bosqichda turibdi, u hali hayvonlarda sinovdan o‘tkazilishi va bir qator klinik sinovlardan o‘tishi kerak. Biroq allaqachon ma’lum ijobiy natijalar olingan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini oldi. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi. Rossiyada koronavirusga qarshi ushbu vaksinani ommaviy qo‘llash oktabr oyidan boshlanadi.

Rossiyaning farmatsevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini birlashtirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasi Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksina yetarlicha sinovdan o‘tkazilmagani uchun uni ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirgandi. Bunga javoban Rossiyaning Sog‘liqni saqlashni nazorat qilish federal xizmati (“Roszdravnadzor”) ushbu vaksina bilan bir necha yuzlab ko‘ngillilar emlangani va ularda vaksinaga nisbatan jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh epidemiologi Nikolay Briko COVID-19’ga qarshi vaksinani yaratishda adenovirus asosida bir xil texnologiya ishlatilganini, shuning uchun bu holda u qayta ko‘rib chiqishga, kechiktirishga muhtoj emasligini bildirgan.

Britaniyaning Reding universiteti virusologiya professori Ien Jonsning bildirishicha, uchinchi bosqich sinovlaridan o‘tmagan koronavirusga qarshi vaksinani qabul qilish natijasida virus mutatsiyaga uchrab, yangi shtammni hosil qilishi, u esa keyinchalik boshqa barcha vaksinalarni ham chetlab o‘tadigan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Rossiyada mazkur vaksinani ommaviy ravishda qo‘llash 2020-yil oktabr oyidan boshlanadi. Emlash bilan bir vaqtda vaksinaning klinik tadqiqotlarining uchinchi fazasi ham olib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют