» » O‘zbekistonning Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekistonning Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi


O‘zbekiston mudofaa vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari — shtab boshlig‘i lavozimiga polkovnik Jamshid Karimov tayinlandi. Bu haqda okrug matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, polkovnik Jamshid Karimov 2017-yilning noyabr oyidan hozirgacha Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelgan.

Jamshid Karimov 2001-yilda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti (hozirgi Qurolli Kuchlar akademiyasi)ni, 2010-yilda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini, 2019-yilda Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi harbiy akademiyasi qoshidagi malaka oshirish kursini tamomlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 01:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют