» » O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri mamlakatdagi faoliyati yakunlanayotgan Isroil elchisini qabul qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri mamlakatdagi faoliyati yakunlanayotgan Isroil elchisini qabul qildi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 26-avgust, chorshanba kuni mamlakatda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Isroil davlatining favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapirani qabul qildi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida turli sohalarda va shakllardagi O‘zbekiston—Isroil hamkorligining holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan elchining samarali faoliyati va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi qayd etildi.

O‘z navbatida, elchi Isroilning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaganligi uchun minnatdorchilik bildirgan.

Avvalroq Abdulaziz Komilov Italiyaning O‘zbekistondagi elchisini qabul qilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 03:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют