» » Toshkent viloyatidagi 12 mlrd so‘mlik ta’mirlash ishlarini olib berish uchun tadbirkordan 60 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatidagi 12 mlrd so‘mlik ta’mirlash ishlarini olib berish uchun tadbirkordan 60 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi


Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan kapital ta’mirlash ishlarini olib berish uchun tadbirkordan 60 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha. fuqaro N.B. “A” MChJ rahbari M.ga Toshkent viloyati Nurafshon shahrida qurilishi lozim bo‘lgan umumiy qiymati 7,5 milliard so‘mlik maktab binosi va Olmaliq tumanidagi 4,5 milliard so‘mlik kapital ta’mirlash ishlarini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali olib berishga ishontirgan. N.B. ushbu xizmati evaziga 60 ming dollar talab qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda N.B. oldindan 4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 07:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют