» » Namanganda bir vaqtning o‘zida 10 ta mehmonxona qurilishi olib borilmoqda

Namanganda bir vaqtning o‘zida 10 ta mehmonxona qurilishi olib borilmoqda


Namanganda Akhsikent hotel mehmonxonasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

“Muhammadali fayzli bog‘bon” MChJ tomonidan barpo etilgan 7 qavatli mehmonxona 163 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 76 ta xonadan iborat. Ularning bittasi apartament, 5 tasi lyuks hamda 70 tasi standart xonadan iborat.

Mazkur mehmonxona qurilishi uchun jami 40 milliard so‘m mablag‘ sarflandi va 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Yil davomida 40 ming nafar mahalliy va xorijiy mehmonga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud.

Mehmonxonaning Axsikent deb nomlanishida ramziy ma’no bor: Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan ko‘hna Axsikent qoldiqlari ham aynan Namangan viloyatida joylashgan.

Ma’lumot uchun, Akhsikent hotel foydalanishga topshirilishi bilan Namangandagi mehmonxonalar soni 29 taga yetdi. 2020-yilning o‘zida viloyatda jami 550 o‘rinli yana 10 ta mehmonxona qurish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют