» » Samarqandda to‘ydan yuk ortib chiqqan “ZIL” haydovchisi shu to‘ydan chiqqan mast kishini bosib ketdi

Samarqandda to‘ydan yuk ortib chiqqan “ZIL” haydovchisi shu to‘ydan chiqqan mast kishini bosib ketdi


Samarqandda to‘ydan yuk ortib chiqqan haydovchi to‘ydan chiqqan piyodani bosib ketdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 26-avgust kuni soat 00:50 larda Samarqand viloyati, Samarqand tumani “Qamchinon” mahallasining ichki tor ko‘chasida sodir bo‘lgan.

27 yoshli haydovchi F.F. “ZIL” yuk mashinasini orqaga haydayotib, ortida harakatlanib ketayotgan mast holdagi 43 yoshli D.T.ni bosib o‘tib ketgan. Oqibatda D.T. olgan og‘ir tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, yuk mashinasi haydovchisi shu ko‘chadagi xonadondan to‘y jihozlarini ortib ketayotgan, mast piyoda esa to‘ydan mast holda chiqib ketayotgan bo‘lgan.

Mazkur YTH yuzasidan 26-avgust kuni Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Namanganda qum to‘kishga kelgan “ZIL” xonadon egasining 2 yoshli farzandini bosib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют