» » Samarqandda fuqaroni karantin qoidasini buzishda ayblab, uning pullarini qolga kiritgan soxta IIB xodimlari qolga olindi

Samarqandda fuqaroni karantin qoidasini buzishda ayblab, uning pullarini qolga kiritgan soxta IIB xodimlari qolga olindi


Samarqandviloyatida ozini IIB xodimlari deya tanishtirib, tovlamachilik qilgan uch nafar shaxs qolga olindi. Bu haqda Daryoga viloyat IIB axborot xizmati malum qildi.

Xabar berilishicha, 2020-yil 23-avgust kuni Nurobod tuman IIBga, tumanning Kechkeldik mahallasida yashovchi, 20 yoshli fuqaro F. ariza bilan murojaat qilib, ozini IIB xodimlari deya tanishtirganlar uning462 ming som pullariniolib qoyganini malum qilgan.

Fuqaro arizasida takidlanishicha, u 2020-yil 19-avgust kuni soat 23:00 da Nurobod tuman hokimligi binosi oldida piyoda ketayotgan vaqtida VAZ-2106 rusumli avtomashinadan uch kishi tushib kelib, ozlarini ichki ishlar bolimidan deya tanishtirgan. Ulardan biri fuqaroga qizil rangli guvohnoma korsatib, ular bilan IIBga borishini talab qilib, uni avtomashinaga mindirgan.

Mendan karantin qoidalarini buzib, tungi vaqtda nima maqsadda kochada yurganligimni sorashdi, mamuriy bayonnoma tuzib, eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jarima jazosiga tortishlarini aytishdi. Men qoyib yuborishlarini iltimos qilganimda, mendan pul talab qilishdi, degan 20 yoshli fuqaro F.

Fuqaro F. ularga Mayli qancha pul kerak bolsa, yonimda borini beraman deb aytgan vaqtida ulardan biri qol telefoniga uning gaplarini yozib olib, Sen bizga pora bermoqchimisan? Mana endi shu gaping uchun ham ozingni pora berishjinoyati bilan jinoiy javobgarlikka tortamiz, deb qorqitib uni avtomashinada Nurobod tumani IIB binosiga yaqin joygacha olib borgan.

IIBga murojaat qilgan fuqaro osha uch nafar shaxs uni javobgarlikka tortmaslik evaziga tovlamachilik yoli bilan yonidagi 462 ming som pullarini olib qoyganini yozib, uch nafar nomalum shaxslarga qonuniy chora korilishini soragan.

Nurobod tuman IIB xodimlari tomonidan otkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu tovlamachilik jinoyatini tumanning Sh.Yulduzi mahallasida yashovchi, 1997-yilda tugilgan D., 1997-yilda tugilgan T. va Nurobod tumani Amir Temur nomidagi mahallada yashovchi 2002-yilda tugilgan Sh. sodir qilganligi aniqlangan. Ulardan qizil rangli, tashqi qismida gerbli tamgasi bolgan guvohnoma, telefon apparati va 240 ming som pul daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bolimi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi v bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyat IIB fuqarolardan shu kabi holatlarga duch kelgan vaqtda zudlik bilan IIVning 1102 ishonch telefoniga qongiroq qilishlarini soragan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (27-08-2020, 18:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
:
-
:
20 ... -