» » Habibullo Oqilov o‘qish boshlansa, farzandini maktabga yuborishga xavfsirayotgan ota-onalarga tavsiya berdi

Habibullo Oqilov o‘qish boshlansa, farzandini maktabga yuborishga xavfsirayotgan ota-onalarga tavsiya berdi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov AOKA zalida tashkil etilgan brifingda o‘quvchilarni maktabga yuborish qanchalik xavfli ekanligi borasidagi savolga javob bergan.

Jumladan, aholining “Agar 14-sentabrda o‘qish boshlansa, oilamizda keksa odamlar bor. Bolalarni maktabga yuborish xavfli emasmi? Axir ular uyga virus olib kelishi mumkin”, degan savoliga Oqilov quyidagicha javob bergan:

“Agar siz maktabga borish xavf tug‘diradi deb hisoblasangiz, ariza yozib, onlayn o‘qitishdan foydalanishingiz mumkin. Bu qarorni o‘quv yili davomida o‘zgartirish mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham siz bolaga niqobni to‘g‘ri taqish, qo‘llarni yuvish, antiseptiklardan foydalanish va ijtimoiy masofa saqlashni o‘rgatishingiz kerak”.

Mavzuga doir: YuNISEF O‘zbekistondagi maktablarning 13 foizida 2019-yilda qo‘lni yuvish uchun sharoit bo‘lmaganini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, 24-avgust kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida xalq ta’limi tizimiga doir o‘tkazilgan videoselektorda O‘zbekistonda 7-sentabrdan epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan ayrim hududlarda tajriba tariqasida maktablar ochiladi. 14-sentabrdan esa barcha hududlardagi maktablar faoliyatiga ruxsat berilishi, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘quv yilini 14-sentabrdan boshlash taklifi kiritilgani, vazirlik 3 ta ssenariy bo‘yicha ishlayotgani, maktablar ochilishidan oldin o‘qituvchilardan koronavirusga test olinishi haqida xabarlar berilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют