» » Tramp Viskonsindagi tartibsizliklarni bartaraf etish uchun Milliy gvardiyani yuborish bo‘yicha topshiriq berdi

Tramp Viskonsindagi tartibsizliklarni bartaraf etish uchun Milliy gvardiyani yuborish bo‘yicha topshiriq berdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Viskonsin shtati hukumatiga Kenosha shahriga federal kuchlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini yuborish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.

“Bugun men federal huquq-tartibot organlari va Milliy gvardiya vakillarini Kenosha shahridagi tartibni qayta tiklash uchun yuboraman”, — deb yozadi Tramp.

Tramp jamoasi vaziyatni Viskonsin shtati gubernatori Toni Ivers bilan muhokama qilgan bo‘lib, u federal yordamni qabul qilishga rozi bo‘lgan.

“Biz Amerika ko‘chalarida o‘g‘rilik, bosqinchilik, zo‘ravonlik va qonunsizlikka chidab turmaymiz”, — deydi Amerika yetakchisi.

Viskonsin shtati gubernatorining saytida ma’lum qilinishicha, Ivers Kenoshaga 500 nafar Milliy gvardiya askarini yuborish bo‘yicha topshiriq bergan. Bayonotda keltirilishicha, hukumat “kechagacha mahalliy huquq-tartibot organlari xodimlariga yordam berish uchun yetib boradi”.

Ta’kidlanishicha, 24-iyul kuni gubernator shtat Milliy gvardiyasiga “muhim obyektlarni qo‘riqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlashda yordam berish” bo‘yicha ko‘rsatma bergan. 25-iyul kuni Kenosha okrugidagi Milliy gvardiya askarlari soni 250 kishiga yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 23-avgust kuni Viskonsinda mahalliy politsiyachilar Jeykob Bleyk ismli qora tanli erkakka qarata yetti marta o‘q uzganidan so‘ng norozilik namoyishlarining yangi to‘lqini boshlandi. Shaharda ommaviy tartibsizliklar boshlangan, odamlar avtosalon va avtomobillarni yoqib yuborgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют