» » “Chelsi” fransiyalik 21 yoshli futbolchi transferini e’lon qildi

“Chelsi” fransiyalik 21 yoshli futbolchi transferini e’lon qildi


Londonning “Chelsi” klubi 21 yoshli fransiyalik himoyachi Malang Sarrni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda londonliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.

Futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzolangan. Klub bayonotida ma’lum qilinishicha, Sarr 2020/21-yilgi mavsumni ijarada o‘tkazadi.

Malang Sarr “Nitssa” klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2016-yilda asosiy jamoada debyut qilgan. 2020-yilning yozida futbolchining klub bilan shartnomasi yakunlandi va u erkin agentga aylandi.

Avvalroq “Chelsi” “Lester” qanot himoyachisi Ben Chilluelni o‘z safiga qo‘shib olgandi. Shuningdek, PSJ sobiq himoyachisi Tiago Silva ham yaqin orada londonliklar futbolchisiga aylanishi kutilmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют