» » O‘zini farzandlaridan yakkala olmaydigan koronavirus bemorlari qanday yo‘l tutishi kerak? Mutaxassis javobi

O‘zini farzandlaridan yakkala olmaydigan koronavirus bemorlari qanday yo‘l tutishi kerak? Mutaxassis javobi


AOKA zalida tashkil etilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Habibullo Oqilov yosh bolali, o‘zini yakkala olmaydigan koronavirusga chalingan bemorlarga tavsiya berib o‘tdi.

Mavzuga doir: Niqob taqib bo‘lmaydigan kichik yoshli bolalarni koronavirusdan qanday himoyalash kerak? Mutaxassis javobi

Mutaxassis yaqin aloqada bo‘lganda virus yuqishining oldini olish imkonsizligini bildirdi. Bunday vaziyatda o‘zini yakkala olmaydigan ota-onalar bolalari ham yuqtirishini anglashi lozim. Hatto doimiy himoya choralari: qo‘llarni sovunlab yuvish, niqob taqish, antiseptiklardan foydalanish, tuzli eritmalar ham bir hududdagi odamlarning bir-biriga yuqtirmasligini ta’minlay olmasligi aytildi.

Biroq aytish kerak, bolalar COVID-19’ni alomatsiz yoki yengil shaklda o‘tkazishadi. Ularda tumov, tana haroratining biroz oshishi, tomoqda qichishish, ich ketishi kabi belgilar kuzatilishi mumkin. Biroq ko‘p holatlarda bolalar o‘zini yaxshi his qiladi va kattalardagi singari kuchli holdan toyish, holsizlik yoki ishtaha yo‘qolishi kuzatilmaydi. Alomatlar rivojlansa, simptomatik davolash kerak bo‘ladi: bolalarga tez-tez suyuqlik berish, burunni tuzli eritmalar bilan chayish, tana harorati oshib 38,5 darajadan ortsa, bolalar uchun mo‘ljallangan ‘Paratsetamol’ berish kerak.

Habibulla Oqilov, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi 

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda koronavirusga chalinish ehtimoli kamligini ma’lum qilgan, AQShdagi Vanderbilt universiteti Tibbiyot markazi tadqiqotchilari nima sababdan bolalar koronavirusga kamroq chalinayotgani va kasallikni oson o‘tkazayotganini aniqlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют