» » “Andijon” bosh murabbiyi: O‘yinga 50 daqiqa qolganda to‘liq tarkib bilan yig‘ildik

“Andijon” bosh murabbiyi: O‘yinga 50 daqiqa qolganda to‘liq tarkib bilan yig‘ildik


“Andijon” klubi bosh murabbiyi Viktor Kumikov Coca-Cola Superliga 13-turidan o‘rin olgan “Paxtakor”ga qarshi bahsdan (0:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Paxtakor” barcha jabhada bizdan ko‘ra kuchli jamoa. Ham ijrochilar bo‘yicha, ham boshqa tomonlama. Bu o‘yinda sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan narsa ro‘y berdi.

Ammo birinchi golda sun’iy o‘yindan tashqari holatni vujudga keltirishda xato qildik. Ikkinchi golda esa hakam xato qildi deb o‘ylayman. Sababi futbolchi 5 metrdan yo‘llangan zarba vaqtida qo‘lini olib qocha olmaydi. U hatto to‘pni ko‘rmagandi ham. Bizda ham deyarli shunday holat bo‘ldi, ammo hakam vaziyatni ko‘rmay qoldi. Hakamlar “Paxtakor”ga yordam berishlari shart emas, ular shundoq ham kuchli.

O‘yin boshlanishiga 50 daqiqa qolganida to‘liq tarkib bilan yig‘ildik. Bu ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Hozir biroz tanaffus bo‘ladi. Balki bu tanaffus vaziyatni yaxshi tomonga o‘nglanishiga yordam berar. “Andijon” haqida oldindan nimadir deyish imkonsiz. U yerda har soatda o‘zgarishlar bo‘ladi. Bugun tushgacha o‘ynamasligimiz kerak edi, tushdan keyin o‘ynaydigan bo‘ldik. Balki Andijonda investorlar topilar va hech bo‘lmasa eng zarur narsalar uchun pul berilar.

Viktor Kumikov, “Andijon” bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, 27-avgust tongida “Andijon” moliyaviy qiyinchiliklar sabab “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi va shu sabab jamoaga texnik mag‘lubiyat yozilishi xabar qilingandi. Biroq tushdan keyin o‘yin bo‘lib o‘tishi va “Andijon” PFL tomonidan ogohlantirish olgani ma’lum qilindi.

“Andijon” 13-turdan keyin 6 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Lokomotiv” bilan o‘ynaydi.

Mavzuga doir: Shota Arveladze: Hech bir klubga o‘yindan oldin “Andijon” bilan bo‘lgan holatni tilamagan bo‘lardim

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 07:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют