» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi yosh kelin-kuyovlarga o‘z tavsiyalarini berdi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi yosh kelin-kuyovlarga o‘z tavsiyalarini berdi


To‘ygacha bo‘lgan davrda yugur-yugurlar ko‘p bo‘lgani bois kelin-kuyovlarning immuniteti tushib ketishi mumkin. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Ubaydullayeva “Shifobaxsh” Telegram kanalida ma’lum qildi.

Barno Ubaydullayevaning aytishicha, hozirgi pandemiya sharoitida ular o‘zlariga juda e’tiborli bo‘lishi lozim.

“Ular to‘y qachon bo‘lishini biladigan kap-katta insonlar. Karantin e’lon qilingan vaqtdan buyon asosiy uchta talab: sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilish, ijtimoiy masofa saqlash, niqob taqish aytib kelinmoqda. Mana shu uchtagina qoidaga jiddiy e’tibor berilsa, virus yuqtirish ehtimoli kamayadi. Buni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti isbotlab berdi”, – dedi mutaxassis.

Uning alohida ta’kidlashicha, to‘ygacha kelin va kuyovda “yugur-yugur”lar ko‘p bo‘lgani bois vaqtida ovqatlanmaslik, uxlamaslik natijasida ularning immuniteti tushib ketadi. Bu esa virus yuqishi ehtimolini oshiradi.

“Shuning uchun ular kun tartibini to‘g‘ri tuzishi – o‘z vaqtida ovqatlanishi va dam olishi lozim. Shuningdek, ortiqcha uchrashuvlardan o‘zlarini saqlab turishi kerak. Chunki bir-birlarining salomatligini – kelin tushayotgan, kuyov esa kuyov bo‘layotgan oilaning salomatligini o‘ylashga majbur. Hozirgi faqat o‘zimizni emas, boshqalarni ham salomatligi haqida o‘ylaydigan vaqt”, – dedi shtab a’zosi.

O‘zbekchilikda yoshi katta insonlar marosimlarda bosh bo‘lib turadi, ikki yoshga keksa otaxon va onaxonlarimiz duo beradi. Barno Ubaydullayeva to‘y qilayotgan insonlarning yaqin qarindoshi bo‘lmagan, xavf guruhida bo‘lgan yoshi kattalarni to‘y va marosimlarga vaqtinchalik bormay turishini maslahat berdi.

«To‘ylar va katta marosimlarga har xil toifadagi, har xil yoshdagi insonlar keladi. Ular bilan muomala qilishga majbur bo‘linadi va bunda virus yuqtirish darajasi oshadi. Shuncha vaqt yoshi ulug‘larni uydan chiqarmay, asrab-avaylab keldik. Hali shoshilmasligimiz zarur, biz hali ham pandemiya davrida yashayapmiz», – deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq kelin va kuyovlarning to‘ydan avval koronavirusga test topshirishi qo‘shimcha himoya bo‘lishi mumkinligi haqida aytib o‘tilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют