» » To‘ydan avval kelin va kuyov koronavirusga test topshiradimi? Mutaxassis javob berdi

To‘ydan avval kelin va kuyov koronavirusga test topshiradimi? Mutaxassis javob berdi


Kelin va kuyovlarning to‘ydan avval koronavirusga test topshirishi qo‘shimcha himoya bo‘lishi mumkin, lekin bu ham 100 foiz aniqlikni bermaydi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova “Shifobaxsh” Telegram kanaliga ma’lum qildi.

Barno Abdusamatovaning aytishicha, hozirda to‘ydan avval kelin-kuyovlarni koronavirusga test topshirish tartibi yo‘q.

“Balki, bu narsani joriy etish kerakdir? Lekin test hamma narsani aniqlab beradi degani emas”, — dedi mutaxassis. Uning ta’kidlashicha, bugun test topshirgan odamga ertaga virus yuqib qolish ehtimoli ham bor.

“To‘yda ishtirok etadiganlarni baravariga test qildirish kerak, degan talabni qo‘yish ham noto‘g‘ri. Sababi test topshiradigan joyga kasal odamlar boradi, u yerda yuqtirib olish xavfi bor. Odam test topshirgan vaqtda virusga chalinmagan bo‘lishi mumkin, lekin topshirgani borishda yoki boshqa sabablar bilan yuqtirib olishi mumkin”, — dedi Barno Abdusamatova.

Uning qo‘shimcha qilishicha, to‘ydan avval test topshirishi qo‘shimcha himoya bo‘lishi mumkin, lekin bu ham to‘la himoyalanganlik darajasini bermaydi.

Avvalroq iyul oyi boshida sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov aholi orasida to‘y, turli marosim va oilaviy tadbirlar virusning tarqalishiga xizmat qilayotganini ma’lum qilgan edi.

Vazir bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida oxirgi bir oy ichida (iyun oyining oxiri va iyul oyining boshi nazarda tutilmoqda — tahririyat) 4 ta to‘yda 110 ta kasallanish holati aniqlangan. Jumladan, Yunusobod tumanida o‘tkazilgan to‘yda 79 kishi virus yuqtirib olgan. To‘yni 30 kishi bilan o‘tkazish uchun bir kunda uch marta to‘y qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют