» » Dilshod Nuraliyev “Lokomotiv” haqida: “Faoliyatimda bunday futbolchilar bo‘lmagan, bo‘lganda ham bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘yardim”

Dilshod Nuraliyev “Lokomotiv” haqida: “Faoliyatimda bunday futbolchilar bo‘lmagan, bo‘lganda ham bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘yardim”


“Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Dilshod Nuraliyev Coca-Cola Superliga 13-turi doirasida “Nasaf”ga qarshi kechgan uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan (0:4) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yinni, jamoaning ahvolini ko‘rdinglar. Futbolchilar jismoniy jihatdan umuman tayyor emas. Men jamoani bitta yoki ikkita mashg‘ulotdan keyin o‘zgartirib yuboradigan sehrgar emasman. Futbolchilarning 90 foizini haydab yuborish kerak. O‘yin haqida nima ham derdim, “Nasaf” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Tarkibidagi futbolchilari yosh, harakatchan. Ularni to‘xtatishga ulgura olmadik.

Men vaqtinchalik murabbiyman. Bu jamoani men tuzmaganman. Futbol o‘yinchoq narsa emas. Ikki uch kunda biron narsa qilib bo‘lmaydi. Men shuncha yil ishlagan bo‘lsam, bunaqa jamoa bo‘lmagan. Bunday jamoa bo‘lganida futbolchilarimni bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ygan bo‘lardim.

Qo‘limdan kelganicha ishladim. Tajribali futbolchilar yugurmagandan keyin ularni yugurtira olmayman. O‘yinchilarning nomiga qarash kerak emas, ularga ikki ham qo‘yib bo‘lmaydi.

Moliyaviy muammolar ham ta’sir qilayotgan bo‘lishi ham mumkin. Jamoani qabul qilib olganimdan keyin ikkita mashg‘ulot o‘tkazdim. Maoshlar berilmayotgani haqida menda ma’lumot yo‘q.

Dilshod Nuraliyev, “Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi

“Lokomotiv” 13-turdan keyin 12 ochko bilan 10-o‘rinda ketmoqda. Jamoa keyingi turda “Andijon”ga qarshi bahs olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют