» » O‘RVI alomatlari bo‘lmagan bemorlarda pnevmoniya qanday aniqlanishi aytildi

O‘RVI alomatlari bo‘lmagan bemorlarda pnevmoniya qanday aniqlanishi aytildi


AOKA zalida tashkil etilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Habibullo Oqilov shamollash yoki O‘RVI alomatlari bo‘lmagan bemorlarda pnevmoniyani qanday aniqlash mumkinligini aytdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, COVID-19’ning simptomlari turlicha ekanligini inobatga olgan holda umumiy holatga qarash tavsiya etiladi. Kuchli holsizlik, ko‘ngil aynishi, ongdagi chalkashlik, haddan tashqari ko‘p uxlash, shuningdek, hansirash va tez-tez nafas olish belgilari alohida e’tiborga olinishi kerak.

So‘nggi ikki alomatni keksalarda sezmaslik mumkin, chunki ularning nafas olishi yuzaki. Harorat, puls va qon bosimini muntazam o‘lchash muhim. Belgilarni faol tarzda kuzatish lozim. 60 yoshdan yuqori, surunkali kasalliklari bor odamlar oila a’zolari tomonidan yanada ko‘proq e’tiborga olinishi lozim va doimiy tarzda shifokor bilan aloqada bo‘lish talab etiladi.

Shifokorga o‘zingizni qanday his qilayotganingiz haqidagi ma’lumotlarni shaxsan yuborishingiz kerak. Ishdan tashqari vaqtlarda ahvolingiz og‘irlashsa, tez yordam chaqirishingiz mumkin.

Habibulla Oqilov, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi

Avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova koronavirus infeksiyasi turli shakllarda o‘tishi va doim ham o‘pkaga zarar yetkazmasligini aytgandi. Shuningdek, u kasallik ko‘p hollarda umuman simptomlarsiz kechishi, ya’ni test natijasi musbat bo‘lsa-da, kishi hech qanday alomatlarni sezmasligi va bunday virus tashuvchisi tekshirilganda organizmda hech qanday o‘zgarish aniqlanmasligini bildirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют