» » Toshkent viloyatida noqonuniy obyektlar qurilishining oldini olish maqsadida ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi

Toshkent viloyatida noqonuniy obyektlar qurilishining oldini olish maqsadida ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi


Shavkat Mirziyoyev “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjatning to‘liq matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Toshkent viloyati tabiatini muhofaza qilish, yer va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, hududning ekologik holatini yanada yaxshilash hamda ekoturizmni rivojlantirishga oid qonun hujjatlari ijrosi ustidan samarali nazoratni tashkil etish hamda yer maydonlarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi hamda noqonuniy obyektlar qurilishining oldini olish maqsadida:

Belgilanishicha, davlat boshqaruvi organlarining tuman bo‘linmalariga qo‘shimcha ajratilayotgan boshqaruv xodimlari, shuningdek, yangi tashkil qilinayotgan davlat organlari va tashkilotlari boshqaruvi xodimlari soni tegishlicha Toshkent viloyati bo‘yicha hokimiyat, qurilish, adliya, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish idoralari hududiy bo‘linmalarining tegishli shtat birligini maqbullashtirish hisobidan to‘ldiriladi.

Adliya vazirligi tuman hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda konsultantlarni jalb qilgan holda davlat boshqaruvi organlari vakolatlarining funksional tahlili asosida ma’muriy-boshqaruv jarayonlarni qayta ko‘rib chiqish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish ishlarining samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi tumandagi boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Bo‘stonliq tuman hududida atrof-muhitni ifloslantiradigan zararli sanoat korxonalarini barpo etish qat’iyan man etildi.

Tumanda amalga oshiriladigan islohotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati tarkibida 3 ta shtat birligidan iborat Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish sho‘basi tashkil qilinadi.

Sho‘ba shtat birliklari Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining 3 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantirilishi belgilangan.

Avvalroq Bo‘stonliq tumaniga yangi hokim tayinlangani xabar qilingan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют