» » Yilning eng yaxshi avtomobili nomiga nomzodlar e’lon qilindi

Yilning eng yaxshi avtomobili nomiga nomzodlar e’lon qilindi


Yilning eng yaxshi avtomobili nomiga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxat World car of the year tanlovi tashkilotchilarining rasmiy saytiga joylashtirilgan.

Mazkur ro‘yxatdan 24 mashina o‘rin olgan. Shuningdek, tashkilotchilarning ta’kidlashicha, yakuniy variant 2020-yilning dekabrida shakllantiriladi. Undan hozircha bozorga chiqmagan modellar ham kiritilishi mumkin.

Shunday qilib dastlabki ro‘yxatdan quyidagi modellar o‘rin oldi: Audi A3, BMW 2-Series Gean Coupe, BMW 4-Series, Mercedes-Benz GLA, Volkswagen ID.4, Genesis G80, Hyundai Elantra/Avante, Hyundai i10/Grand i10, Hyundai i20, Kia K5/Optima, Kia Sonet va Kia Sorento, Honda Jazz/Fit, Honda-e, Mazda MX-30, Nissan Rogue/X-Trail, Toyota: Highlander, Sienna, Venza/Harrier, Yaris/Yaris Cross.

Amerikada ishlab chiqariladigan avtomobillar orasidan birgina Ford Escape/Kuga o‘rin olgan. Shuningdek, ro‘yxatga Citroen C4/e-C4, Seat Leon va Skoda Octavia ham kiritilgan.

G‘oliblar 2021-yilning bahorida e’lon qilinadi. U dunyoning 29 davlatidan bo‘lgan 90 nafar avtomobil jurnalistidan iborat hakamlar hay’ati tomonidan tanlanadi.

Eslatib o‘tamiz, World car of the year tanlovi 2020-yilda Kia Telluride modelini “Yilning eng yaxshi avtomobili” deya topgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют