» » Harri Maguayr: “Vijdonim toza. Vahima ichida edim va hayotimdan xavfsirayotgandim”

Harri Maguayr: “Vijdonim toza. Vahima ichida edim va hayotimdan xavfsirayotgandim”


“Manchester Yunayted” himoyachisi Harri Maguayr Gretsiyada o‘zi bilan sodir bo‘lgan voqea haqida gapirdi.

Men hech kimdan kechirim so‘rashni istamayman. Agar nimanidir noto‘g‘ri qilgan bo‘lsangiz, kechirim so‘rashingiz kerak.

Men hech kimga buni tilamayman. Shubhasiz, bu holat dunyoning eng katta klublaridan biriga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, shuning uchun men muxlislar va “Manchester Yunayted”ni bu vaziyatga tushirganimdan afsusdaman, lekin men hech qanday yomon ish qilmadim.

Bu holatga hamma tushishi mumkin. Ular mening oyoqlarimga juda ko‘p urdi. Men vahima va qo‘rquvga tushib qolgandim. Men hayotimdan xavfsiray boshlagandim.

Mening vijdonim to‘laligicha toza. O‘sha kecha nima bo‘lganini bilaman, haqiqatni bilaman. Bu haqida gapirish meni g‘azablantirmoqda. Men ruhan va aqlan yetarlicha kuchliman.

Angliya terma jamoasiga kelsak, qayg‘udaman, lekin hammasini tushunib turibman. Men o‘z yurtim uchun o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Jismoniy va ruhiy jihatdan bunga tayyorman.

Harri Maguayr, “Manchester Yunayted” futbolchisi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Harri Maguayr Mikonos orolida janjalga aralashib qolgani va keyinchalik politsiya xodimiga qo‘l ko‘targani uchun Gretsiya sudi tomonidan 21 oy-u 10 kun muddatga shartli qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 109) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют