» » “Barselona” va Lionel Messi atrofidagi vaziyatga “Real”ning munosabati qanday ekanligi ma’lum bo‘ldi

“Barselona” va Lionel Messi atrofidagi vaziyatga “Real”ning munosabati qanday ekanligi ma’lum bo‘ldi


“Real” Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messining atrofidagi voqealarga qanday munosabatda ekani ma’lum bo‘ldi.

Marca xabariga ko‘ra, Madridda hech kim futbolchini sotib olish haqida o‘ylamagan ham. Bir necha yil oldin ushbu variant taklif qilingan, ammo bu yozda “Real”ning yagona maqsadi — faqat o‘z o‘yinchilarini sotish.

Ta’kidlanishicha, Madrid klubi argentinalik futbolchining “Barselona”dan ketishi “Real” uchun yaxshi holat emas deb hisoblamoqda, chunki kataloniyaliklarning hozirda Messi uchun to‘layotgan 100 million yevro tejab qolinadi, bu esa klubni qayta qurish ishlarini amalga oshirishda katta yordam berishi mumkin.

Shu bilan birga “Real” rahbariyati Messinig klubni tark etishiga ishonmayapti. Ularning fikricha, dunyoning hech qaysi klubi uni sotib olish imkoniyatiga ega emas. Bundan tashqari, madridliklar qanday qilib futbolchiga da’vo qilayotgan klublar unga UEFA tomonidan belgilangan limitdan oshmagan holda “Barselona” kabi pul to‘lashini tushunmayapti.

Qayd etish joiz, avvalroq “Manchester Siti” rahbariyati argentinalik futbolchi transferi uchun 200 million yevro ajratishga tayyorligi va uning ma’lum qismi pul va qolgani futbolchilardan iborat bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют