» » Rasman: “Chelsi” Tiago Silvani o‘z safiga qo‘shib oldi

Rasman: “Chelsi” Tiago Silvani o‘z safiga qo‘shib oldi


Braziliyalik himoyachi Tiago Silva faoliyatini Londonning “Chelsi” klubida davom ettiradi. Bu haqida “aristokratlar” matbuot xizmati xabar berdi.

35 yoshli Silva londonliklar bilan 1+1 ko‘rinishida shartnomaga imzo chekkan. Ya’ni kelasi mavsum so‘ngida uning shartnomasi natijalariga qarab avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Tiago avvalroq PSJni tark etgandi va u “Chelsi” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.

“Chelsi” safiga qo‘shilganimdan juda ham xursandman. Kelasi mavsumda Frenk Lempard jamoasining bir qismi bo‘lishdan baxtiyorman. Bu yerga sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun keldim. Tez orada ko‘rishguncha, “Chelsi” muxlislari! Juda tez fursatlarda “Stemford Brij”da maydonga tushishga umid qilaman.

Tiago Silva, himoyachi

Ma’lumot uchun, Silva 2012-yildan beri PSJ sharafini himoya qilib kelayotgandi. U Parij klubi safida 315 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchi faoliyati davomida “Juventude”, “Portu”, “Fluminense” va “Milan” klublarida ham to‘p tepgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют